Bennaser: «So‘nggi daqiqagacha taslim bo‘lmadik»

Italiya chempionatining navbatdagi, yigirma uchinchi turida “Milan” “Frozinone”ni mehmonda mag‘lub etdi, g‘alaba irodali bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda Afrika kubogidan qaytgan Ismoil Bennaser maydonga tushdi. U jamoaning muvaffaqiyati haqida shunday dedi:

«Biz o‘z ruhimizni, bor e’tiborimizni g‘alabaga qaratdik. Biz so‘nggi daqiqagacha taslim bo‘lmadik. Bu bizga kelajakka ishonch bag‘ishlaydi”, – deya Bennaserning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

«Milan»ning yaqin kelajagi esa kelasi hafta amaldagi chempion «Napoli» bilan o‘yindir.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter