Yovich muvaffaqiyat sirini aytdi
Italiya chempionatining navbatdagi, yigirma uchinchi turida “Milan” safarda “Frozinone”ni mag‘lub etdi, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan maydonga tushgan Luka Yovich g‘alaba golini kiritdi.
Serbiyalik hujumchi o‘z muvaffaqiyatlari bilan klub muxlislarini xursand qilish uchun ko‘p mehnat qilishiga ishontirdi:
«Men yaxshi o‘ynayapman va bundan juda mamnunman. Gol urganimizdan xursandmiz, g‘alaba qozonganimizdan xursandmiz.
2024 yil men uchun juda yaxshi boshlandi. Men jamoa uchun ko‘p mehnat qilaman va har doim tayyorman – muvaffaqiyat siri shunda.
Mashaqqatli mehnat», – dedi Yovich.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/