Levandovski La Ligadagi 7 o‘yinlik golsiz seriyasini tugatdi

Robert Levandovski «Alaves» darvozasiga gol urib, La Ligadagi golsiz seriyasini yakunladi.

«Barselona» forvardi La Liganing 23-tur uchrashuvining 22-daqiqasida yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Polyak chempionatda 10 dekabrdan beri ilk bor gol urdi. O‘shandan beri u 6 uchrashuvda gol ura olmadi.

Umuman olganda, Levandovski joriy La Ligada 21 o‘yinda 9 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter