Oryening «Galatasaroy»ga o‘tishi amalga oshmay qoldi

«Nottingem Forest» himoyachisi Serj Oryening «Galatasaroy»ga transferi amalga oshmay qoldi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Tomonlar to‘lov shartlari bo‘yicha kelisha olmadilar.

31 yoshli ivuarlik futbolchi ingliz klubida 2022 yilning sentyabridan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda Orye Premyer-ligada 12 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Nottingem Forest» bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter