Misrlik siyosatchi Salohga maoshining 20 foizini vataniga o‘tkazishni taklif qildi

Misrlik siyosatchi Abdel Sanad Yamama «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga maoshining 20 foizini vataniga o‘tkazishni taklif qildi.

Yamama xorijda yashovchi barcha misrliklarga nisbatan shunday chora ko‘rishni taklif qilmoqda. Bunday qarordan maqsad Misr funtining qulashi fonida iqtisodiyotni barqarorlashtirishdir.

«Hech qanday istisno bo‘lmasligi kerak. Bu xorijdagi eng yosh ishchi va hatto Misr terma jamoasi yulduzi Muhammad Salohga ham tegishli bo‘lishi kerak. Bu ulush 20 foizni tashkil qilishi kerak», — dedi Yamama Vafd bilan suhbatda.

Salohning «Liverpul» bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. The Guardian nashri xabariga ko‘ra, hujumchi haftasiga taxminan 1 million funt maosh oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter