“Arsenal” o‘z kiperi bilan xayrlashdi

Islandiya terma jamoasi darvozaboni Runar Runarsson Londonning “Arsenal” klubini rasman tark etdi. Bu haqda “kanonirlar” matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Darvozabon Chempionship klubi «Kardiff Siti»da ijara o‘ynab, shu qishda Londonga qaytganidan keyin asosiy klubini tark etadi. 

Runarsson Shimoliy Londonga 2020 yilda Fransiyaning “Dijon” jamoasidan ko‘chib o‘tgan edi. «Arsenal» safida u barcha turnirlarda bor yo‘g‘i oltita rasmiy o‘yin o‘tkazib, 7ta gol o‘tkazib yuborgan. Darvozabon hozir 28 yoshda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter