Meddison: «Qaytish yoqimli bo‘ldi»

APLning 22-turida Londonning «Tottenxem» jamoasi birinchi bo‘lib «Brentford»dan gol o‘tkazib yubordi, ammo yakunda 3:2 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

London klubi yarim himoyachisi Jeyms Meddison muvaffaqiyatli o‘yin haqida fikr bildirdi.

«Qaytish yoqimli bo‘ldi. Jarohatlanib, o‘ynamay qolsangiz, nima uchun futbolni bunchalik sevishingizni yaxshiroq tushunasiz. Birinchi bo‘lim shiddatli kechdi, bu «Brentford»ga kerak edi. Ammo ikkinchisida biz yaxshilandik va ular bizning sur’atimizni ushlab tura olishmadi», – dedi Meddison BBC Sport bilan suhbatda.

Angliya chempionatining navbatdagi turida «Tottenxem» safarda «Everton»ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter