Xavi bugungi «Barsa»ga nima yetishmayotganini aytdi

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi jamoasiga nima yetishmayotganini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis avvalroq joriy mavsum yakunida Kataloniya klubini tark etishini ma’lum qilgandi.

Xavining fikricha, zamonaviy «Barselona»da ham o‘yin sifati, ham g‘alaba qozonish mentaliteti yetishmayapti.

“Biz ko‘proq pressing qilishimiz, hujumda ham, himoyada ham yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Oxirgi paytlarda o‘z darvozamiz oldida o‘ynashda juda zaif bo‘lib qoldik, shuning uchun ham natijalar yomonlashdi», – deya Xavining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter