Mbappe «Real»ga o‘tish to‘g‘ri qaror bo‘lishiga shubha qilmoqda

Hujumchi Kilian Mbappening kelajagi transfer olamida dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda.

25 yoshli futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Mbappening ikkita yo‘li bor: shartnomani uzaytirish yoki «Real»ga o‘tish. Mbappe avvalroq «Real» libosini kiyib ko‘rishni orzu qilishini bir necha bor aytgan edi. Ayni damda futbolchi vatani Fransiyani tark etib, Madridga o‘tish to‘g‘ri qaror bo‘lishiga shubha qilmoqda, deb yozadi AS nashri.

Mbappe «PSJ»da klubning asosiy yulduzi bo‘lgan alohida maqomga ega. «Real Madrid»da Kilianni boshqa jahon darajasidagi futbolchilar qurshab olishadi. Avvalroq, matbuotda «Real» Mbappega «PSJ» taklif qilayotgan pulni to‘lashga tayyor emasligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter