«Bavariya» yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda

«Fulxem»dan Joau Palinya, «Real Sosyedad»dan Martin Subimendi va «Aston Villa»dan Jeykob Remsi «Bavariya» o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan yarim himoyachilar ro‘yxatida. Bu haqda taniqli jurnalist Kristian Falk xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida myunxenliklar Palinyani qo‘lga kiritishga yaqin turgandi, ammo so‘nggi lahzada kelishuv barbod bo‘ldi va portugaliyalik futbolchi «Fulxem»da qoldi. Joriy mavsumda Joau Angliya Premyer-ligasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Germaniya chempionatining 2023/2024 yilgi mavsumida 19 turdan so‘ng «Bavariya» 47 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Bayer” peshqadam (49 ochko).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter