«Nottingem Forest» Origining ijarasini muddatidan oldin bekor qiladi

«Nottingem Forest» klubi hujumchi Divok Origining «Milan»dan ijarasini muddatidan oldin tugatishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Sky Sports.

28 yoshli belgiyalik futbolchi yana ijara uchun italyan klubini tark etadi – u 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha «Los-Anjeles»ga o‘tadi. Amerika klubi futbolchini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

«Nottingem Forest» 2023 yilning sentyabrida Origini Milandan ijaraga olgandi. Hujumchi jamoaning 9 ta uchrashuvida qatnashib, jami 178 daqiqa maydonda o‘tkazdi va unchalik samarali bo‘lmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter