Ter Shtegenning yo‘qligi «Barselona»ga qimmatga tushmoqda

«Barsa» joriy mavsum yakunlanmasidan turib o‘tgan mavsumdagi bilan bir xil miqdorda gol o‘tkazib yubordi.

«Barselona» La Liganing 22-turida o‘z maydonida «Vilyarreal»ga mag‘lub bo‘ldi (3:5). Kataloniyaliklar ketma-ket 2 o‘yinda mag‘lub bo‘lib, 9 ta gol o‘tkazib yuborishdi. 2024 yilda jamoa 19 ta gol o‘tkazib yubordi – bu top-5 ligadagi eng ko‘p gol.

«Blaugrana» joriy mavsumda 32 ta o‘yinda 46 ta gol o‘tkazib yuborishdi, bu o‘tgan mavsum yakunidagi natija (53 o‘yinda 46 ta gol).

«Barsa»ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen 17 uchrashuvda 15 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa.

Nemisning jarohatidan so‘ng Inyaki Penya 15 uchrashuvda 31 ta gol o‘tkazib yubordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter