Arauxo Xavini qo‘llab-quvvatladi

«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo «Vilyarreal»ga qarshi La Liganing 22-turi doirasidagi uy uchrashuvida (3:5) kataloniyaliklarning mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.

«Bu psixologik zarba, lekin biz bor e’tiborimizni o‘yinga qaratishimiz va har bir vaziyatda e’tiborliroq bo‘lishimiz kerak. Biz Xaviga ishonamiz, u bizning murabbiyimiz. U kelganidan beri jamoaga ko‘p narsa berdi. «Barsa» har mavsum yaxshilanib bordi. Biz o‘shanda La Liga va Superkubokni qo‘lga kiritdik, ikkita chempionlikni unutmaymiz. Hozir «Barselona»ga kuboklarni qo‘lga kiritgan jamoalardan bir nechta o‘yinchilar qo‘shilgan. Hozirgi vaziyatni birgalikda yengib o‘tish uchun jamoaga vaqt va yordam kerak», – deya Urugvay terma jamoasi futbolchisining so‘zlarini keltiradi Marca.

«Vilyarreal»ga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xavi 2023/24 yilgi mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etishini malum qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter