«Chelsi»ga kuchli markaziy hujumchi kerak

Irlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Klinton Morrisonning fikricha, «Chelsi»ga yangi hujumchi kerak.

“Ko‘klar” o‘z maydonida Angliya kubogi bahsida “Aston Villa”ni mag‘lub eta olmadi – 0:0. Londonliklarning hujumlarida oldingi o‘rinni nominal yarim himoyachi Koul Palmer egalladi.

«Chelsi»ga markaziy hujumchi kerak. Palmer markaziy hujumchi emas. «Chelsi»ning Kallum Uilsonga qiziqishi haqida gap bo‘lgan va agar u atigi 18 million funt sterlingga shartnoma imzolashi mumkin bo‘lsa, mening ko‘nglim to‘lgan bo‘lardi», dedi Morrison BBC’ga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter