«Yuventus» Mottani Allegri uchun ideal o‘rinbosar deb hisoblaydi

«Bolonya» bosh murabbiyi Tiago Motta «Yuventus»da Massimiliano Allegrining o‘rniga nomzod sifatida ko‘rilmoqda. 41 yoshli mutaxassis «Bolonya» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti, amaldagi shartnoma esa 6 oydan keyin tugaydi.

Xabaringiz bor, «Yuventus» o‘tgan yozda Mottaning nomzodini sinchiklab o‘rganib chiqdi. Jurnalist Alfredo Pedullaning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik «keksa sinyora»ning radarida qolmoqda.

«Milan», «Roma» va «Barselona» ham Tiago Mottaga da’vogarlar qatorida. Murabbiyning o‘zi bir kun kelib «PSJ»da ishlashni orzu qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter