Klopp La Ligadagi inqirozli jamoaga ham yo‘l olishi mumkin

Yurgen Klopp mavsum oxirida «Liverpul» bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi.

Shu tariqa, mersisaydliklar klubi yaqin oylarda jamoaga yangi bosh murabbiy qidiradi. Kloppning kelajagi haqida esa hozirdanoq matbuotda turli ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, «Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa boshqaruvida nemis mutaxassisini ko‘rishni orzu qiladi.

Funksioner fursatdan foydalanib, Kloppni klubga taklif qilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq matbuotda Xavining mavsum oxirida «Barselona»ni tark etishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter