Saloh: «Allaqachon jarohatdan tiklanishni boshlaganman»

«Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh jarohati haqida gapirdi.

Avvalroq, futbolchi Afrika Millatlar Kubogida jarohat olib, tuzalish uchun klubga qaytgandi.

“Men allaqachon jarohatdan tiklanishni boshlaganman. Tezroq terma jamoaga qaytish uchun bor kuchimni ishga solaman.

«Men Misrni yaxshi ko‘raman va juda ko‘p harakat qilaman», – deb yozdi Saloh ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq, «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Saloh tiklanish uchun ulgursa, terma jamoaga qaytishini aytgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter