Londonning yana bir jamoasi bu yo‘lda «Chelsi»ga raqobat qiladi

So‘nggi paytlarda «Nyukasl» hujumchisi Kallum Uilsonning klubini o‘zgartirishi haqidagi mish-mishlar faol ravishda tarqalmoqda.

Jurnalist Grem Beylining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 31 yoshli Uilsonga qiziqish bildirayotgan klublar orasida “Vest Xem” ham bor.

Londonliklar bu futbolchini qishki transfer oynasi yopilguniga qadar qo‘lga kiritmoqchi. 2023/2024 yilgi mavsumda Kallum Uilson 20 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va sherigiga bitta golli uzatma berdi.

Nufuzli Transfermarkt portali futbolchini 13 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter