Arauxo: «Oxirgi haftalarda tizzamda noqulaylik sezdim»
«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo «Atletik Bilbao»ga qarshi o‘yinda tizzasida noqulaylik bilan o‘ynaganini tan oldi.
“Oxirgi haftalarda tizzamda noqulaylik sezdim, ammo baribir maydonga chiqdim va jamoa uchun kurashdim. Biz aqlliroq bo‘lishimiz kerak, jamoa kurashni davom ettirishi kerak», – dedi Arauxo.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar basklarga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, chorak final bosqichida Ispaniya kubogidan chiqib ketishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/