Braziliyada murabbiy aliment to‘lamagani uchun o‘yin boshlanishidan oldin qo‘lga olindi

Braziliyaning Maranense shtati chempionatida ishtirok etayotgan «Moto Klub» jamoasining 45 yoshli murabbiyi Marsinyo Gerreyro bilan kulgili holat yuz berdi.

«Imperatris» jamoasiga qarshi navbatdagi o‘yin boshlanishidan oldin u hibsga olingan. Sababi aliment to‘lanmaslik, deya aniqlik kiritmoqda Gllobo Esporte.

Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, u shu sababdan oltmish kungacha qamoqda qolishi mumkin. Murabbiydan ayrilganidan ko‘ngli to‘kilgan «Moto Klub» o‘yinda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu sababli, klub rahbariyati murabbiyni ishdan bo‘shatish orqali absurdga hissa qo‘shishga qaror qildi. Shuning uchun u aliment to‘lash uchun muqobil yo‘l bilan pul topishi kerak bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter