Petrovich: «Chelsi»da o‘ynash Serbiyadagi har qanday futbolchining orzusidir»

Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Jorje Petrovich doim “ko‘klar” safida o‘ynashni orzu qilganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli serb ushbu mavsum boshlanishidan oldin Britaniya poytaxtiga «New England Revolution»dan 14 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

«Chelsi»da o‘ynash Serbiyadagi har qanday futbolchining orzusidir. Branislav Ivanovich va Nemanya Matich kabi serbiyalik futbolchilar allaqachon klub safida to‘p tepgan.

«Chelsi» Serbiya madaniyati nimaligini biladi», – deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi «ko‘klar» rasmiy sayti.

Petrovich endi «Chelsi»ning asosiy darvozaboni. Jorje jarohat olgan Robert Sanchesning o‘rnini muvaffaqiyatli egalladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter