Bonuchchi: «Maqsadim – Yevro-2024’ga borish»

«Fenerbaxche» va Italiya terma jamoasining markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi yozda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida ishtirok etish istagi haqida gapirdi.

“Maqsadim bu turnirda terma jamoa bilan birga bo‘lish. «Fenerbaxche»ga o‘tishdan oldin Spalletti bilan uchrashuv o‘tkazdim. Bilaman, bu oson turnir emas, lekin Italiya amaldagi chempion. G‘alaba uchun yana Germaniyaga boramiz!

Italiya chempionlikni himoya qilish uchun boradi va men bu borada terma jamoamizga yordam bermoqchiman. Yakuniy qaydnomaga kirsam, borimni beraman», – deya Bonuchchi so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Bonuchchi joriy yanvardagi transfer oynasida «Fenerbaxche» futbolchisiga aylandi. Bungacha himoyachi olti oyni «Union» Berlinda o‘tkazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter