Rasman! «Milan» futbolchisi La Ligaga ko‘chib o‘tdi

Italiyaning «Milan» klubi vingeri Luka Romero Ispaniyaning «Almeriya» jamoasiga ijara asosida o‘tdi.

19 yoshli milanlik vinger mavsum oxirigacha ispan klubida o‘ynaydi. Romero bugun «Almeriya»dagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Joriy mavsumda vinger A Seriyada “Milan” safida 4 ta o‘yin o‘tkazib, o‘rtacha 21 daqiqani maydonda o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter