De Ligt Kim bilan raqobat haqida gapirdi
Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachisi Matteys de Ligt shu oyda Osiyo o‘yinlarida Janubiy Koreya uchun kurash olib borayotgan Kim Min Chje bilan raqobat haqida gapirdi.
“Maydonda bemalol harakatlana olganimdan xursandman, garchi hali barcha og‘riqlardan xalos bo‘lmaganman. Menda bu tuyg‘u uzoq vaqtdan beri bor. Kim Min Chje bilan raqobatmi? Har bir futbolchining maqsadi asosiy tarkibdir. Hozir eng muhimi qattiq mashq qilish va jarohatlardan qochish”, – deydi de Ligt.
Oldinroq matbuotda de Ligtning kelasi yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/