Potter yana Londonga qaytishi mumkin

«Chelsi» va «Brayton» klublarining sobiq bosh murabbiyi Grem Potter «Kristal Pelas»ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Goal xabariga ko‘ra, «burgutlar» 48 yoshli mutaxassisni taklif qilishga qiziqish bildirmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Potter «Kristal Pelas» va «Arsenal» o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinga tashrif buyurgan va «kanonirlar» 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgan.

Qayd etilishicha, “burgutlar” rahbariyati amaldagi murabbiy Roy Xojsonning ishidan norozi va uning o‘rniga yangi murabbiy qidirmoqda.

Bundan tashqari, «Vest Xem», «Manchester Yunayted» va «Lion» ham Potterga da’vogarlik qilmoqda, deya qo‘shimcha qildi manba.

Ayni vaqtda “Kristal Pelas” 21 uchrashuvdan 21 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter