Grifo klubi tarixidan joy oldi

Germaniya chempionatida o‘n sakkizinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, “Frayburg” o‘z maydonida “Xoffenxaym”ni qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollardan birini italiyalik hujumchi Vinchenso Grifo kiritdi va u shu tariqa Bundesligadagi klub uchun 100ta gollik dovonga yetdi.

Grifo Germaniya futbolining yuqori ligasida batafsil statistik ma’lumotlar yig‘ilgandan keyin bu darajaga erishgan birinchi «Frayburg» futbolchisi bo‘ldi.

Keyingi turda “Frayburg” safarda “Verder”ga qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda “italyan- braziliyaliklar” chempionat turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter