Marotta: «Skudetto biz uchun eng qiziqarli maqsad bo‘lib qolmoqda»

«Inter» bosh direktori Juzeppe Marotta jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

«Skudetto biz uchun eng qiziqarli maqsad bo‘lib qolmoqda, chunki bu muvaffaqiyat klub uchun muhim bo‘lgan futbolkaga ikkinchi yulduzni joylashtirish imkonini beradi.

Lekin biz uchta turnirda ishtirok etmoqdamiz va ularning har birida yaxshi natijalarga erishmoqchimiz.

Har qanday holatda ham maqsadingizga erishish uchun bor kuchingizni sarflashingiz kerak», – dedi Marotta. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter