7 bokschimiz Serbiyadagi musobaqa finaliga chiqdi

Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha «Millatlar kubogi»da finalchilar aniqlandi. Ayollar o‘rtasida o‘tayotgan mazkur musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili yetib keldi.

Kecha o‘tgan yarim final bahslarida Aziza Yakubova (-52 kg) 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Afsuski, to‘rt nafar bokschimiz imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medallari bilan yakunlashdi.

-52 kg: Aziza Yakubova – Ra’no Parxatova (Qozog‘iston) – 5:0
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova – Uljan Sarsanbek (Qozog‘iston) – 2:3
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva – Lordeana Marin (Ruminiya) – 1:4
-70 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Baljan Askar (Qozog‘iston) – 2:3
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Lyusiya Bilobrk (Xorvatiya) – 0:5

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter