«Manchester Siti» «Tottenxem» qanot himoyachisini sotib olmoqchi

«Tottenxem»ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro «Manchester Siti»ga qaytishi mumkin.

24 yoshli ispaniyalik bu mavsumda Ange Postekoglu jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Futbolchining muvaffaqiyatlari e’tibordan chetda qolmadi: Football Insider ma’lumotlariga ko‘ra, Porro faoliyatini boshidayoq «Manchester Siti» qiziqish doirasiga tushib qolgan. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, «shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘z hamyurtini Kayl Uokerning uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Pedro Porro 2019 yildan 2022 yilgacha «Manchester Siti»ga tegishli bo‘lgan, keyin esa asosiy jamoada debyut qilmasdan, Lissabonning «Sporting»iga sotilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, «shporlar» yetakchisining hozirgi narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter