Boks. O‘zbekiston ayollar terma jamoasining mag‘lubiyatsiz yurishi davom etmoqda

Serbiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi «Millatlar kubogi» musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasining mag‘lubiyatsiz yurishi davom etadi.

Ortda qolgan uchinchi kun bahslarida Feruza Kazakova (-50 kg) 3 raund to‘liq ustunlik bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Rayhona Qodirova (-60 kg) ikkinchi raundda muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Bugun terma jamoamizning besh nafar a’zosi jang qiladi. Juftliklar quyidagicha:

-52 kg: Aziza Yakubova – Ra’no Parxatova (Qozog‘iston)
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova – Uljan Sarsanbek (Qozog‘iston)
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva – Lordeana Marin (Ruminiya)
-70 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Baljan Askar (Qozog‘iston)
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Lyusiya Bilobrk (Xorvatiya)

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter