Makallister «Liverpul»da ko‘p yillar qolmoqchi
«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Makallister faoliyatining asosiy qismini «Enfild»da o‘tkazishga umid qilayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum boshlanishidan avval Yurgen Klopp jamoasiga o‘tgan edi. «Brayton» yarim himoyachi uchun 42 million yevro tovon puli oldi.
«Umid qilamanki, «Liverpul»da ko‘p yillar o‘tkazaman. Men bu yerdagi hayotimdan rohatlanaman. Men bu yerda ko‘p yillar qolishni xohlayman», – deya Makallister so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Makallister joriy mavsumda Premyer-ligada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va assistentlik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/