Modrich sud orqali Ispaniya soliya polisiyasidan 3,5 million yevro undirdi

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya soliq polisiyasi bilan sudlashib, unda g‘olib chiqdi.

Ispaniya soliq polisiyasi xorvatiyalik futbolchini 2012-2014 yillarda «Madrid»dagi faoliyati davomida daromadlarni soliqdan yashirganlikda ayblayotgan edi. Modrich esa 2012 yilda hali Ispaniya soliq to‘lovchisi bo‘lmagani ta’kidladi. Boisi, u 2012 yilning yozida «Tottenxem»dan «Real»ga o‘tgandi.

Shuningdek, soliq inspeksiyasi tomonidan 2013 va 2014 yillarda futbol agentlariga to‘langan to‘lovlar borasida ayblovlar ham o‘z isbotini topmadi.

Natijada sud Ispaniya soliq polisiyasi zimmasiga Luka Modrichga 3,5 million yevro mablag‘ to‘lash majburiyatini yukladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning sentyabr oyida soliq polisiyasi Modrichga 1,2 mln yevro miqdorida soliq to‘lashni talab qilgandi. Sud mazkur majburiyatni ham bekor qildi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter