Deku va Xavi bir yoqadan bosh chiqara olmayapti
«Barselona» sport direktori Deku va bosh murabbiyi Xavi Ernandes qishki transfer oynasidagi asosiy maqsad borasida bir qarorga kela olishmayapti.
Avvalroq, bu qishda Kataloniya klubi media-brend aksiyalarini sotish orqali 200 million yevro olishi xabar qilingandi.
Footmercato xabariga ko‘ra, Xavi jarohat olgan Gavi o‘rniga o‘rinbosar topmoqchi, Deku esa boshqa pozisiyaga o‘yinchi olmoqchi. Manbaga ko‘ra, funksioner Serxio Busketsning o‘rniga o‘rinbosar topishga ahd qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Buskets o‘tgan yozda “Barselona”ni tark etib, “Inter Mayami”ga o‘tgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/