«Al-Ahli» Firminoni qo‘yib yuborishga tayyor

Saudiyaning «Al-Ahli» klubi o‘zining asosiy yulduzlaridan biri – hujumchi Roberto Firminoni qo‘yib yuborishga tayyor.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, Jidda klubi braziliyalik futbolchiga tegishli taklif tushsa, ijaraga berishga ruxsat beradi.

Roberto Firmino yozdan beri «Al Ahli»da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda forvard 19 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali 32 yoshli Firminoni 10 million yevroga baholamoqda.

Bungacha braziliyalik futbolchi Yevropada Germaniyaning “Xoffenxaym” va Angliyaning “Liverpul” klublarida o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter