«Vilyarreal» hujumchisini jamoadan yo‘qotmoqchi

Hujumchi Arno Danjuma «Everton»dagi ijarasidan «Vilyarreal»ga qaytadi, bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

Jurnalistning xabar berishicha, ispan klubi futbolchining xizmatlariga qiziqmayapti va uni sotmoqchi yoki ijaraga bermoqchi. Dandjumaga da’vogarlar orasida «Lion» ham bor. Tomonlar muzokara jarayoniga allaqachon kirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Arno 2021 yilning yozida 23,5 million yevro evaziga «Vilyarreal»ga o‘tgan edi. Hujumchi joriy mavsumning birinchi yarmini «Everton»da o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter