Messi «Inter Mayami» mashg‘ulotlariga qaytdi

Argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. 36 yoshli futbolchi kechadan «Inter Mayami» umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, floridaliklar fevral oyi boshida Saudiyada «Al-Hilol» va «An-Nasr»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Messi u o‘yinlarda ishtirok etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter