«Al-Hilol» «Bavariya» futbolchisiga ko‘z tikdi

«Bavariya» chap qanot himoyachisi Rafael Gerreyru «Al-Hilol»ning transfer maqsadiga aylandi. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum boshlanishidan oldin «Borussiya Dortmund»dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan va myunxenliklar safiga qo‘shilgandi.

Mavsumning birinchi yarmida Gerreyru doimiy jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, bu esa o‘yinlarning muhim qismini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ldi.

L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi kelganidan 6 oy o‘tib «Bavariya»ni tark etishi mumkin: «Al-Hilol» portugaliyalik futbolchi bilan bog‘lanib ulgurgan va lateralga qiziqish bildirmoqda.

Saudiya klubi sotib olish opsiyasi bilan ijara shartnomasini tuzishni kutmoqda. Rafael Gerreyru «Bavariya» safida barcha musobaqalarda sakkizta o‘yinda bitta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter