«Chelsi» ijaradagi futbolchisini muddatdan oldin chaqirib oldi

«Chelsi» matbuot xizmati ivuarlik hujumchi David Fofananing jamoaga qaytganini ma’lum qildi.

Forvard mavsum oxirigacha «Union»ga ijaraga berilgandi. Klub nima sababdan futbolchini chaqirib olishga qaror qilgani aytilmagan.

«Chelsi» Fofanani 2023 yilning yanvarida «Molde»dan 12 million yevroga sotib olgandi. Futbolchi londonliklar safida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, gol urmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter