Anchelotti Zidan bilan tenglashdi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Los-Blankos”ning sobiq ustozi Zinedin Zidan bilan Madrid klubi bosh murabbiyligidagi o‘yinlar soni bo‘yicha tenglashdi. Har ikki mutaxassis 263 tadan o‘yin o‘tkazdi.

«Real Madrid» boshqaruvidagi o‘yinlar soni bo‘yicha mutlaq rekordchi – Migel Munos (605 uchrashuv). Karlo Anchelotti 2021 yilda faoliyatida ikkinchi marta Madrid klubiga keldi.

Uning qo‘l ostida «qaymoqranglilar» Ispaniya chempioni bo‘ldi, ikki marta mamlakat kubogini, shuningdek, Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter