«Arsenal» hujum chizig‘idagi muammoni La Liga klubi futbolchisi orqali yechmoqchi

«Arsenal» joriy transfer oynasi oxirigacha markaziy hujumchilar yetishmasligi bilan bog‘liq muammoni hal qilmoqchi.

Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «kanonirlar» «Xetafe» hujumchisi Borxa Mayoralga qiziqish bildirmoqda. Londonliklar 26 yoshli futbolchi uchun taxminan 25,5 million yevro to‘lashga tayyor.

Qayd etilishicha, bunday transferga birinchi navbatda “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta qiziqmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter