«Liverpul» hali Mbappedan umidini uzmadi

«Liverpul» «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe variantini tark etmaydi. Transfer News Live nashrining L’Equipe’ga tayanib xabar berishicha, Angliya Premyer-ligasi grandi yulduz futbolchi uchun poygani davom ettirmoqda.

Avvalroq matbuotda Mbappe «Liverpul»ga o‘tish variantidan voz kechgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Xabaringiz bor, Kilian Mbappening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Shu tariqa, kelasi yozda 25 yoshli hujumchini erkin agent sifatida tekinga sotib olish mumkin bo‘ladi.

2023/2024 yilgi mavsumda 24 ta o‘yinda Mbappe 25 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter