Argentina xalqaro o‘yinlardan chetlatilishi mumkin
Argentina sport konfederasiyasi (CAD) mamlakatning yangi prezidenti Xavyer Miley tomonidan qabul qilingan farmon tufayli Argentina jamoalari Parij-2024 olimpiadasi va Amerika kubogi musobaqasidan chetlatilishidan xavotir olmoqda.
Mileyning farmoniga ko‘ra mamlakatdagi barcha futbol klublari sport aksionerlik jamiyatiga aylantirilishi kerak. Dushanba kuni CAD mazkur farmonni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida apellyasiya berdi. Aks holda Argentinaga nisbatan FIFA va KONMEBOL tomonidan sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.
CADga ko‘ra, mamlakat prezidentining mazkur farmoni fuqarolik va sport assosiasiyalari to‘g‘risidagi qonunga zid hisoblanadi. Boz ustiga, ushbu farmon hukumatning futbol federasiyalari ishiga aralashuv deya hisoblanishi mumkin.
Shu sababli Argentinaning 2024 yilda bo‘ladigan Olimpiada va Amerika kubogi musobaqalaridagi ishtiroki xavf ostida qolishi mumkin.
Manba: sport24.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/