«MYU» Sanchoning maoshini bir qismini to‘lashda davom etadi

«Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» klubiga ijara asosida o‘tayotgan vinger Jeydon Sanchoga haftasiga 100 ming funt maosh to‘laydi, deb xabar beradi Daily Mail nashri.

Manbaga ko‘ra, bunday talabni nemis klubi qo‘ygan, chunki angliyalik futbolchining to‘liq maoshi haftasiga 290 ming funtni tashkil etadi, bu jamoadagi maksimaldan sezilarli darajada oshadi. «Borussiya» maoshning qolgan qismini o‘zi to‘lashga tayyor.

Joriy mavsumda angliyalik futbolchi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan janjallashib qolgan va shu sababli jamoadan chetlatilgan edi.

Umuman olganda, Sancho 2023/2024 yilgi mavsumda barcha turnirlarda uchta o‘yin o‘tkazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter