Abduqodir Xusanovning jamoadoshi «Bavariya»ga o‘tishi mumkin

Hamyurtimiz Abduqodir Xusanov o‘ynayotgan «Lans» klubi markaziy himoyachisi Kevin Danzo «Bavariya»ning transfer ro‘yxatida, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, myunxenliklar 25 yoshli avstriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish variantini yana ko‘rib chiqmoqda, chunki markaziy himoyachi pozisiyasiga yana bir nomzod Radu Dregushin «Tottenxem»ga o‘tishga yaqin turibdi.

«Bavariya» o‘tgan yozda Danzoga qiziqqan edi, ammo keyin u «Lans» bilan shartnomasini uzaytirdi. Transfermarkt himoyachini 22 million yevroga baholamoqda.

Danzo joriy mavsumda 22 ta o‘yinda gol ura olmadi.

Germaniyada transfer oynasi 1 fevral kuni yopiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter