«Barselona» himoyasi o‘ziga o‘xshamayapti

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi himoya chizig‘i Ispaniya kubogi bahslarida ham o‘zini yaxshi ko‘rsata olmayapti.

Opta xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Xavi qo‘l ostida Ispaniya kubogida 8 ta o‘yinda 13 ta gol o‘tkazib yubordi.

Ulardan 6 tasi quyi divizion jamoalariga qarshi (1 gol «Linares»dan, 3 ta gol «Inter Siti»dan va 2 gol «Barbastro»dan qabul qilib olingan).

Jamoa navbatdagi bosqichda «Unionistas» bilan to‘qnash keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter