«Unionistas» futbolchisi: «Barselona» hozir yaxshi formada emasligini bilamiz»

Ispaniya kubogi nimchorak finalida «Barselona»ga «Unionistas» raqib bo‘ldi. 3-divizion klubi a’zosi Alfred Planas ushbu o‘yinda g‘alaba qozonish mumkin ekanligini aytmoqda.

“Barselona” hozir uncha yaxshi sport formasida emasligini bilamiz. Hammasi bir o‘yinda va bizning maydonimizda sodir bo‘lishi mumkin deb o‘ylayman», – dedi Planas.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 16-18 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter