Islom Maxachev Oliveyra-Sarukyan jangi g‘olibiga qarshi oktagonga ko‘tariladi

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev 2024 yilning yozida oktagonga qaytadi. Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.

Maxachev Charlz Oliveyra va Arman Sarukyan jangi g‘olibiga qarshi jang qiladigan bo‘ldi.

Oliveyra va Sarukyan o‘rtasidagi jang 13 aprel kuni UFC-300 doirasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Islom ikkala jangchi bilan ham to‘qnash kelgan: 2019 yilda hakamlar qaroriga ko‘ra Sarukyanni mag‘lub etgan bo‘lsa, 2022 yilda Oliveyrani bo‘g‘ish uslubida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter