«PSJ» futbolchisi «Galatasaroy»ga ketishi mumkin

Fransiyaning «PSJ» klubi yarim himoyachisi Karlos Soler Turkiya chempionatida ishlash imkoniyatiga ega.

Istanbulning «Galatasaroy» klubi 27 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Turkiyaning top-klubi joriy transfer oynasida kelishuvni yakunlashni rejalashtirmoqda.

Potensial transfer summasi 20 million yevroga baholanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida Soler 13 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter