Xavi: «Kubokda VAR tizimi mavjud emasligi juda achinarli»
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Barbastro” klubiga qarshi Ispaniya kubogi o‘yinida yarim himoyachi Joau Feliksning bekor qilingan goli haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ko‘k-anorranglilar” 3:2 hisobida qiyin g‘alabaga erishdi. “Feliksning bekor qilingan goli o‘yinni qiyinlashtirdi. Menga to‘p qoida bo‘yicha kiritilganini aytishdi. Kubokda VAR tizimi mavjud emasligi juda achinarli.
Bu men uchun g‘alati, buni tushunolmayapman», – deya mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda Marca gazetasi.
«Barselona»ning navbatdagi o‘yini Ispaniya Superkubogining ½ finalida «Osasuna»ga qarshi bo‘ladi. Uchrashuv 11-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/