Shkrinyar jarohat sabab qancha vaqt o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘ldi

«PSJ» markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar Liga 1ning so‘nggi turida «Tuluza»ga qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli birmuncha vaqtni o‘tkazib yuboradi.

L’Equipe ma’lumotlariga ko‘ra, slovakiyalik futbolchi 3-4 oyni o‘tkazib yuboradi. Eslatib o‘tamiz, Shkrinyar jarohati tufayli tizzasini operasiya qildirishga majbur bo‘lgandi.

Agar himoyachi mavsumning qolgan qismini o‘ynay olsa, bu aprel yoki may oylarida sodir bo‘ladi. 28 yoshli Shkrinyar joriy mavsum boshlanishidan oldin erkin agent sifatida «PSJ»ga o‘tdi.

Markaziy himoyachi avvalroq 6 yil davomida Milanning “Inter” klubida to‘p tepgan va u bilan bir vaqtlar A seriyada g‘olib chiqqan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter